Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Sessiyada o‘ndan ortiq masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan.

 

Deputatlar dastlab “Toshkent shahrida investitsiya loyihalari bo‘yicha 2021-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib chiqdilar.

 

Undan so‘ng Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”ni 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarining hududiy ijro etilishi yuzasidan axborot berdi.

 

Sessiyadan, shuningdek, huquq-tartibot, sog‘liqni saqlash, soliq sohasida olib borilayotgan ishlar, deputatlarning o‘z saylangan okruglaridagi muammolarni hal etishga qaratilgan qator masalalar muhokamasi o‘rin olgan.